ico
Shifokorni tanlash: Gastroenterolog
ico
Klinikani tanlash: Gastroenterologiya
Shifokorlar ro'yhati

Diareya


Diareya – xalq orasida ichog‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanib, ichaklarni tez-tez bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Diareya bilan kattalar ham, bolalar ham kasallanishi mumkin.

Diareya xalq orasida ichog‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanib, ichaklarni tez-tez bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Diareya bilan kattalar ham, bolalar ham kasallanishi mumkin.

Kelib chiqish sabablari

Diareya ichaklarda suyuqlik va elektrolitlarning so'rilishi bilan bog`liq buzilishlar tufayli rivojlanishi mumkin. Mazkur kasallik quyidagi sabablarga ko'ra yuzaga keladi:

  • Sekretor shakli: surgi vositalardan tez-tez yoki ko`p miqdorda foydalanilganda kelib chiqadi. Shuningdek, turli xil zaharlar yoki vabo vibrionlari (bakteriyalari) ham diareyaning ushbu turini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday diareya och rangli suyuq axlat bilan xarakterlanadi, u hidsiz bo`ladi va tarkibida qon, yiring bo`lmaydi.
  • Ekssudativ shakli: ichak infeksiyalari, masalan, dizenteriya va salmonellyoz, gijjalar, Kron kasalligi, oshqozon yarasi koliti, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari sabab bo'ladi. Axlat miqdori ko`p bo`lmaydi, rangi och sariq yoki yashil bo'lib, tarkibida qon va yiring ham mavjud bo`ladi.
  • Osmolyar shakli: oshqozon osti bezining fermentativ funksiyasi buzilganda, shuningdek, organizmga rotavirus infeksiyasi tushganda yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning bu shakli bolalar orasida eng keng tarqalgan.
  • Ichak faoliyatini buzadigan stressdan kelib chiqqan diareya shakli ham mavjud.

Diareya belgilari

Suyuq axlat – diareyaning eng asosiy belgisidir. Shuningdek, kasallikka quyidagi belgilar ham xos:

ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

Avvalo, ichaklar mikroflorasi, gijja tuxumlari va mikroorganizmlar mavjudligini aniqlash uchun axlat tahlili olinadi. Surunkali diareyada ichki organlarning ultratovush tekshiruvi, kolonoskopiya va kerak bo'lganda to'qimalarning biopsiyasini o`tkazish lozim.

Diareyani davolash

Diareyani to`g`ri va samarali davolashni faqat uning tabiati va kelib chiqishi mexanizmi aniq bo`lganida amalga oshirish mumkin.

  • Agar kasallikning kelib chiqish tabiati yuqumli bo'lsa, u holda shifokor antibiotiklarni (Levomisetin, Biseptol, Norbaktin), sulfanilamidlar, nitrofuranlarni buyuradi.
  • Diareya sababi stressda bo'lsa, bemorga tinchlantiruvchi dorilar, shuningdek, trankvilizatorlar (Tazepam, Seduksen, Grandaksin, Persen) buyuriladi.
  • Agar suvsizlanish yuzaga kelsa (ko'pincha bolalarda), tomir ichiga tomchilar buyuriladi. Shifokor Regidron, Gastrolit, probiotiklar va enterosorbentlarni buyuradi.
Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Parhez

To'rtinchi raqamli parhez buyuriladi. Ko'p miqdorda suv, qaynatilgan guruch, qaynatma sho'rvalar, dimlab pishirilgan sabzavotlar va mevalar tavsiya etiladi, nonni quritib, qoqnon ko`rinishida yeyish tavsiya etiladi. Yog'li, qovurilgan, sho'r oziq-ovqat mahsulotlari, xom meva va sabzavotlarni iste'mol qilish taqiqlanadi.

Xavfli jihatlari

Avvalo, Diareya tananing suvsizlanishi tufayli xavfli hisoblanadi. Agar Diareya ichak infeksiyasi tufayli kelib chiqqan bo`lsa, sepsis kelib chiqishi ehtimoli mavjud (ayniqsa bolalarda). Suv-elektrolit balansi buzilishi natijasida barcha a’zo va to‘qimalar ishi buzilib, tutqanoq va yurak to`xtashiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan birinchi belgilar paydo bo`lishi bilanoq, darhol gastroenterolog qabuliga borish lozim.

Xavf guruhi

Diareya bilan ko`pincha keksa yoshdagilar, bolalar va immuniteti past kishilar kasallanadilar.

Profilaktika

Diareyaning oldini olish uchun quyidagi, aytarli qiyin bo‘lmagan tavsiyalarga amal qilish talab etiladi:

  • shaxsiy gigiyena qoidalariga riouya qilish, xususan, ovqatdan oldin qo‘llarni sovunlab tozalab yuvish;
  • qaynatilmagan suvni ichmaslik;
  • eski va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;
  • sabzavot va mevalarni iste’mol qilish va ovqatga ishlatishdan oldin tozalab yuvish.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Diareyani davolovchi shifokorlar

Ma'murova Sanoat Maqsudaliyevna
1 fikr-mulohaza
Ma'murova Sanoat Maqsudaliyevna
Gastroenterolog
Tajriba 44 yil
1 fikr-mulohaza

AKFA Medline

Kichik Xalka Yo`li, 5
Mo'ljal: Beruniy metro bekati

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba, Chorshanba, Juma 09:00-17:00   

Seshanba - Yakshanba Dam olish kuni  

ico AKFA Medline

Dushanba - Juma 08:30-17:00  

Shanba 08:30-14:00   

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Kim Dmitriy Ilyich
2 fikr-mulohaza
Kim Dmitriy Ilyich
Gastroenterolog
Tajriba 16 yil · Oliy toifali shifokor
2 fikr-mulohaza

Zulfiyaxanum ko`chasi, 18
Mo'ljal: Yangi Qozog'iston elchixonasi va Rayhon kafesi

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba, Chorshanba, Juma 09:00-12:00   

Seshanba - Yakshanba Dam olish kuni  

ico Medion (Spa)

Dushanba - Shanba 08:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Xamraev Abror Asrorovich
Fikr-mulohaza qoldirish
Xamraev Abror Asrorovich
Gastroenterolog
Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

sayohat Labzak, 10V

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Yakshanba Ish vaqti belgilanmagan  

ico Mental Med Service

24 soat / 7 kun

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Barcha shifokorlarni ko'rish

Foydali ma'lumot

ico
Analizlar
Md24.kz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin bo'lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Diagnostik markazlar
Md24.kz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Tibbiy xizmatlar
Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling
Batafsil ma'lumot ico
Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2025 md24.kz. Barcha huquqlar himoyalangan.