ico
Shifokorni tanlash: Ortoped
ico
Klinikani tanlash: Ortopediya
Shifokorlar ro'yhati

Bo'g'imlar displaziyasi


Bo'g'imlar displaziyasi – bu tos suyagi chuqurchasining tug‘ma yaxshi rivojlanmaganligi bo‘lib, bo‘ksa suyagi bilan son suyagi tutashgan joyda nuqson kuzatiladi. Bunday bolalarda son suyagi bilan bo‘ksa suyagi tutashgan joy chiqib ketishga moyil bo‘ladi, yaxshi o‘smaydi. Bolalardagi tug`ma displaziyani tug'ilgandan keyin darhol aniqlash mumkin, ammo kattalarda bu kasallik kam uchraydi.

Bo'g'imlar displaziyasi - bu tos suyagi chuqurchasining tug‘ma yaxshi rivojlanmaganligi bo‘lib, bo‘ksa suyagi bilan son suyagi tutashgan joyda nuqson kuzatiladi. Bunday bolalarda son suyagi bilan bo‘ksa suyagi tutashgan joy chiqib ketishga moyil bo‘ladi, yaxshi o‘smaydi. Bolalardagi tug`ma displaziyani tug'ilgandan keyin darhol aniqlash mumkin, ammo kattalarda bu kasallik kam uchraydi.

Displaziya tananing quyidagi qismlarida yuzaga kelishi mumkin:

  • chanoq-son bo'g'imlarida;
  • tirsak bo'g'imida (juda kamdan-kam hollarda);
  • yelka bo'g'imida;
  • tizza bo'g'imida.

Kelib chiqish sabablari

Kasallik biriktiruvchi to'qima tuzilmalarining buzilishi tufayli rivojlanadi. Sabablari:

  • irsiy omil, ya'ni irsiyat;
  • tug'ruq paytidagi yoki tug'ishdan keyin jarohatlar;
  • homilador ayol organizmidagi gormonal buzilishlar;
  • bachadonda homilaning noto`g`ri joylashuvi (chanoq-son bo'g'imlari displaziyasini keltirib chiqaradi).

Shuningdek, agar ota-onaning yoshi 40 yoshdan oshgan bo`lsa, chaqaloqda kasallik aniqlanishi ehtimoli bor.

Kasallik belgilari

Displaziyaning har bir turi uchun kasallik belgilari farq qiladi:

  • Chanoq-son displaziyasida: bolaning oyoqlari har xil uzunlikda, assimmetrik dumbalar, dumba burmalari ham assimmetrik holatda, oyoqlar bir-biridan uzoqlashtirilganda ularda ham assimmetriya kuzatiladi;
  • Yelka displaziyasi: kurak suyagi shakli o'zgaradi, harakat paytida og'riq paydo bo'ladi, bo'g'im chiqishi holatlari tez-tez kuzatiladi;
  • Tizza displaziyasi: harakat paytida tizza og'riydi, tizza kosachasi shakli o`zgaradi.
ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

Displaziya tashxisini qo'yish uchun ortoped quyidagi tekshiruvlarga yo`naltiradi:

Kasallikni davolash

Bo`g`imlar displaziyasini davolash uchun quyidagilar buyuriladi:

  • massaj;
  • davolovchi jismoniy mashqlar;
  • fizioterapiya;
  • dori vositalari;
  • maxsus shinalar yoki moslamalar;
  • jarrohlik operatsiyalari (sun`iy bo'g'im o`rnatish).

Davolashning barcha usullari (jarrohlikdan tashqari) faqat bir yoshga qadar samarali bo'ladi. Bir yoshdan keyin displaziya faqat jarrohlik yo'li bilan davolanishi mumkin.

Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Xavfli jihatlari

Agar kasallik erta yoshda davolanmasa, quyidagi muammolar paydo bo'lishi mumkin:

  • yurishning buzilishi;
  • qomatning buzilishi;
  • umurtqa pog'onasidagi o'zgarishlar.

Xavf guruhi

Quyidagilarda kasallikka chalinish ehtimoli yuqori:

  • ota-onasi 40 yoshdan oshgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar;
  • bola organizmidagi gormonal o‘zgarishlar;
  • og`ir vazn bilan tug`ilgan chaqaloqlar.

Profilaktika

Kasallikning oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  • Homiladorlik davrida ayol bolada turli kasalliklarning rivojlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun o`z vaqtida barcha tekshiruvlardan to'liq o'tishi kerak;
  • Chaqaloqlarni juda qisib yo`rgaklamaslik lozim, chunki chaqaloqning sonlari bir-biriga juda yaqin tortilishi mumkin;
  • Davolovchi gimnastika bilan shug'ullantirish kerak.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Bo'g'imlar displaziyasini davolovchi shifokorlar

Qodirxadjayev Azizxo`ja Akramxadjayevich
Fikr-mulohaza qoldirish
Qodirxadjayev Azizxo`ja Akramxadjayevich
Ortoped, Travmatolog
Tajriba 30 yil · Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

Uni Medical Care

Farobiy ko`chasi, 14A
Mo'ljal: metro Berunii

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Yakshanba Ish vaqti belgilanmagan  

ico Uni Medical Care

Dushanba - Shanba 09:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini kliniki24.uz saytidan olganingizni ayting.

Mamatxodjaev Alisher Nasyrovich
Fikr-mulohaza qoldirish
Mamatxodjaev Alisher Nasyrovich
Ortoped, Travmatolog
Tajriba 28 yil · Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

Medion (Spa)

Zulfiyaxanum ko`chasi, 18
Mo'ljal: Yangi Qozog'iston elchixonasi va Rayhon kafesi

Qabul turi

Klinikada

150 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Juma 09:00-14:00  

Shanba, Yakshanba Dam olish kuni   

ico Medion (Spa)

Dushanba - Shanba 08:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini kliniki24.uz saytidan olganingizni ayting.

Ahmedov Abduvohid Abduvasikovich
Fikr-mulohaza qoldirish
Ahmedov Abduvohid Abduvasikovich
Ortoped, Travmatolog
Tajriba 7 yil
Fikr-mulohaza qoldirish

Medion (Spa)

Zulfiyaxanum ko`chasi, 18
Mo'ljal: Yangi Qozog'iston elchixonasi va Rayhon kafesi

Qabul turi

Klinikada

100 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Shanba 09:00-16:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

ico Medion (Spa)

Dushanba - Shanba 08:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini kliniki24.uz saytidan olganingizni ayting.

Barcha shifokorlarni ko'rish

Foydali ma'lumot

ico
Analizlar
Md24.kz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin bo'lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Diagnostik markazlar
Md24.kz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Tibbiy xizmatlar
Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling
Batafsil ma'lumot ico
Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2025 md24.kz. Barcha huquqlar himoyalangan.