Gerpes — bu virus keltirib chiqaradigan kasallik. Bu teri va shilliq qavatlardagi suyuqlik bilan to'ldirilgan kichik pufakchalarning toshishi sifatida namoyon bo'ladigan yallig'lanish kasalligi. Kasallikning qo'zg'atuvchisi oddiy gerpes virusi (lotincha Herpes simplex yoki HSV) bo'lib, u dunyo aholisining 90% da mavjud, ammo ulardan faqat 5% ida gerpes namoyon bo`ladi va belgilari rivojlanadi.
Herpesviridae oilasi viruslari hayot uchun xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, oddiy gerpes virusi homiladorlik davrida homilaga ta'sir qiladi, u keltirib chiqaradigan patologiyalar homilaning tashqi ko`rinishi o`zgarishiga olib kelishi mumkin.
Oddiy gerpes virusi ko`pincha quyidagilarga ta`sir qiladi:
Kasallikning takrorlanishi burunning yon tomonida, lablar chetida, tish milkida va yonoqning ichki qismida, peshonada va hatto ko'z qovog'ida o'zini namoyon qiladi. Ko'pincha yallig'lanish lablar burchaklarida vujudga keladi.
Gerpesning tasnifi
Virusning juda ko'p turlari mavjud bo'lsa-da, jami sakkizta turi ajratiladi:
- Birlamchi - yuqishdan keyin gerpesning birinchi marta namoyon bo'lishi
- Ikkilamchi - kasallikning qaytalanishi, yil davomida takrorlanadi.
Virusning yuqishi bemorning biosuyuqliklari orqali sodir bo'ladi. Bundan tashqari, terining shikastlangan qismiga tegish orqali yuqtirish mumkin.
Xavf omillari:
O'rtacha namlik darajasi va o'rtacha haroratda oddiy gerpes virusi inson tanasidan tashqarida 24 soat davomida yashashi mumkin. +52 °C va undan yuqori haroratda 30 daqiqadan so`ng nobud bo`ladi -70 °C gacha bo`lgan haroratda esa 5 kungacha yashaydi. Metall ustida taxminan 2 soat yashaydi.
Oddiy gerpes virusining namoyon bo'lishi - bu tananing turli qismlarida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan suyuqlikli pufakchalardir. Odatda, ularning paydo bo'lishidan oldin bemorda quyidagi belgilar kuzatiladi:
Rivojlanish bosqichlari:
O`rab oluvchi temiratki davrida migren va kasallangan nervning joylashuvi bo'ylab tanadagi og'riqlar paydo bo'lishi mumkin. Bir necha kundan keyin terida pufakchalar paydo bo'ladi, undagi shaffof suyuqlik asta-sekin qonli yiringga aylanadi. Limfa tugunlarining kattalashishi va haroratning ko'tarilishi kuzatiladi. Nevralgiya bir necha oy davom etishi mumkin.
Birlamchi genital gerpes hech qanday namoyon bo`lmaydi. Bemor o'zini virus tashuvchisi ekanligini bilmaydi va boshqa odamlarga yuqtiradi. Belgilar ikki yoki undan ko`p kun ichida namoyon bo`la boshlaydi. Ko'pincha ular oyoqlar, sonlar terisida, jinsiy a`zolar shilliq qavatida toshmalar shaklida paydo bo`ladi. Hayz ko'rishdan oldin, ayollarda, hatto dumba mushaklarida pufakchalar paydo bo'lishi mumkin.
Oddiy gerpes virusiga klinik ko'rinishga qarab tashxis qo'yiladi. Agar tekshiruvda tashqi jinsiy a'zolarda toshma aniqlansa, kasallik sifilis (zahm) bilan taqqoslanadi. Tashxislashda quyidagi laboratoriya usullari tavsiya etiladi:
Gerpes surunkali kasallikdir, ammo qaytalanishning oldini olish uchun davolanish kerak. Buning uchun quyidagi dori vositalari qo'llaniladi:
Shifokorlar tavsiya qiladilar:
Homilador ayol uchun xalq tabobati usullari yordamida gerpesni yo'q qilish ma`qulroqdir. Ular toshmalarni bartaraf etishga yordam beradi, ammo homilador ayolning immunitetiga hech qanday ta'sir qilmaydi.
Gerpesni davolashning xalqona usullari
Gerpesdan davolanishga yordam beradigan xalqona usullar ro'yxati:
Homilador ayol uchun gerpes tug'ilmagan bolaga infeksiyasining yuqishi ehtimoli bilan xavflidir. Bachadon bo`ynidagi pufakchalar bepushtlikka olib kelishi mumkin. Shuningdek, gerpes kichik tos sohasi a'zolariga va uning tuzilmalariga ta'sir qilishi mumkin (ganglionit, nevrit, tos simpatalgiyasi).
Gerpesning oldini olish uchun shifokorlar quyidagilarni tavsiya qiladilar:
Gerpesning tarqalishini oldini olish uchun bemor pufakchalarni yorib yubormasligi va yaralarda hosil bo'lgan qobiqlarni olib tashlamasligi kerak.
Gerpesga qarshi vaksinalar
“Vitagerpavak” - bu HSV infeksiyasini davolashda ham, oldini olishda ham qo'llaniladigan gerpesga qarshi emlashdir. Undan yillar davomida foydalanilib kelinadi. Vaksina virusning inaktivlangan antitanalarini o'z ichiga oladi, bu esa bemorda immunitet reaksiyasi hosil bo`lishini rag'batlantiradi. Bemorlar ushbu vaksinani yaxshi o`tkazadilar. “Vitagerpavak”ning uzoq vaqt davomida immunitet ishlab chiqarilishini rag'batlantirishi isbotlangan.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Medion (Spa)
Zulfiyaxanum ko`chasi, 18
Mo'ljal: Yangi Qozog'iston elchixonasi va Rayhon kafesi
Qabul turi
Klinikada
100 000 so'm
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba - Shanba 10:00-18:00
Yakshanba Dam olish kuni
Dushanba - Shanba 08:00-17:00
Yakshanba Dam olish kuni
Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.
Medion (Spa)
Zulfiyaxanum ko`chasi, 18
Mo'ljal: Yangi Qozog'iston elchixonasi va Rayhon kafesi
Qabul turi
Klinikada
100 000 so'm
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Chorshanba, Juma, Shanba, Yakshanba Dam olish kuni
Seshanba, Payshanba 12:00-17:00
Dushanba - Shanba 08:00-17:00
Yakshanba Dam olish kuni
Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.
Kasmed
Chilonzor-5, 1A
Mo'ljal: Restoran "Flagman"
Qabul turi
Klinikada
50 000 so'm
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Chorshanba, Juma 09:00-19:00
Seshanba, Payshanba, Shanba, Yakshanba Dam olish kuni
Dushanba - Shanba 09:00-19:00
Yakshanba Dam olish kuni
Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.