ico
Shifokorni tanlash: Terapevt
ico
Klinikani tanlash: Terapiya
Shifokorlar ro'yhati

Gripp


Gripp – keng tarqalgan, xavfli va og`ir yuqumli kasallik bo'lib, havo tomchilari orqali yuqadi. Bunga gripp virusi sabab bo'ladi. Gripp bilan ommaviy kasallanishlar davriy ravishda sodir bo'lib, epidemiyaga aylanadi.

Gripp – keng tarqalgan, xavfli va og`ir yuqumli kasallik bo'lib, havo tomchilari orqali yuqadi. Bunga gripp virusi sabab bo'ladi. Gripp bilan ommaviy kasallanishlar davriy ravishda sodir bo'lib, epidemiyaga aylanadi.

Kelib chiqish sabablari

Kasallik burun, tomoq va o'pkaning shikastlanishi bilan tavsiflanadi. Gripp ko`pincha qish faslida tarqaladi.

Grippning asosiy sabablari:

  • kasallikning virusli qozg`atuvchilari mavjud bo'lgan havo orqali yuqishi;
  • bemor bilan aloqada bo`lgan narsalar orqali yuqish.

Kasallik belgilari

Gripp quyidagi belgilar bilan namoyon bo'ladi:

  • yuqori harorat (40 darajagacha);
  • bosh og'rig'i;
  • bo`g`imlardagi og'riqlar;
  • kuchli terlash;
  • tomoq og'rig'i;
  • ko`krak qismida og'riq;
  • burun bitishi;
  • burun shilliq qavatida quruqlik;
  • yo'tal.

Agar grippning og`ir shakli bo`lsa:

  • o`qchish va qusish;
  • burundan qon ketishi;
  • hushdan ketish;
  • alahsirash.
ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. . Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

Grippga tashxis qo'yish uchun umumiy amaliyot shifokori bemorni quyidagi tekshiruvlarga jo`natishi mumkin:

  • tomoq va burun bo`shlig`idan surtma;
  • burun shilliq qavati epiteliysidan olingan surtma.

Grippni davolash

Grippni davolash usullari doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib boradi, chunki gripp virusining o'zi doimo mutatsiyaga uchrab, o'zini yangilaydi, shuning uchun oldingi vaksinalar foyda bermaydi. Kasallikni davolash uchun quyidagilardan foydalaniladi:

  • harorat tushiruvchi dorilar;
  • virusga qarshi dorilar;
  • tomirlarni toraytiruvchi dorilar;
  • balg`am ajratuvchi va yo'talga qarshi dorilar;
  • multivitaminlar;
  • o'simlik damlamasi va qaynatmalari bilan ingalyatsiya muolajasi;
  • immunitetni ko`taruvchi dorilar;
  • antigistamin dorilar.

Kasallik davrida bemorlar ko'proq vitaminlarni o'z ichiga olgan suyuqliklar va rezavor mevalardan tayyorlangan nastoykalarni ichishlari tavsiya qilinadi.

Bolalarda grippni davolash uchun yotoqda dam olish tavsiya etiladi.

Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Xavfli jihatlari

Agar gripp o`z vaqtida davolanmas, quyidagi asoratlar kelib chiqishi mumkin:

  • zotiljam;
  • bronxit;
  • bronxiolit;
  • eshitish qobiliyatining buzilishi;
  • burun shilliq qavatining atrofiyasi;
  • Reye sindromi;
  • meningit;
  • ensefalit.

Grippning ko'p turlari intoksikatsiya, insult yoki yurak va o'pka yetishmovchiligi tufayli o'limga olib kelishi mumkin.

Xavf guruhi

Xavf guruhi:

  • keksa yoshdagi odamlar;
  • uch yoshgacha bo'lgan bolalar;
  • maktabga boradigan bolalar;
  • surunkali yurak yoki o'pka kasalligi bilan og'rigan bemorlar;
  • homilador ayollar;
  • gormonal fon, buyrak yoki qon aylanish tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlar.

Profilaktika

Kattalar va bolalarda kasallikning oldini olish uchun quyidagilarga rioya qilish lozim:

  • grippga qarshi mavsumiy emlanish (mushak ichiga yuboriladigan inyeksiya yoki tomchi dori shaklida bo`ladi);
  • maxsus dori vositalari bilan immunitetni mustahkamlash;
  • vitamin C ichish;
  • gripp avj olgan paytlarda odamlar ko`p to`planadigan joylarga bormaslik;
  • uylarni doimiy ravishda shamollatib turish;
  • bemor bilan bog‘lanish zarurati tug‘ilsa, himoya niqobini taqish.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Grippni davolovchi shifokorlar

 Mirzaev Timur Irkinovich
Fikr-mulohaza qoldirish
Mirzaev Timur Irkinovich
Terapevt, Ultratovush mutaxassisi
Tajriba 10 yil
Fikr-mulohaza qoldirish

Uni Medical Care

Farobiy ko`chasi, 14A
Mo'ljal: metro Berunii

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Shanba 08:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

ico Uni Medical Care

Dushanba - Shanba 09:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

O'zbekova Nailya Komilevna
Fikr-mulohaza qoldirish
O'zbekova Nailya Komilevna
Kardiolog, Terapevt
Tajriba 35 yil · Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

Medion (Spa)

Zulfiyaxanum ko`chasi, 18
Mo'ljal: Yangi Qozog'iston elchixonasi va Rayhon kafesi

Qabul turi

Klinikada

100 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Shanba 09:00-14:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

ico Medion (Spa)

Dushanba - Shanba 08:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Lobanov Vasiliy Valerievich
Fikr-mulohaza qoldirish
Lobanov Vasiliy Valerievich
Pediatr, Terapevt, Tez yordam shifokori
Tajriba 23 yil · Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

Profi Doktor

Bunyodkor shoh ko`chasi, 2
Mo'ljal: Novza metro bekati

Qabul turi

Klinikada

200 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Yakshanba Ish vaqti belgilanmagan  

ico Profi Doktor

Dushanba - Shanba 08:30-15:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Barcha shifokorlarni ko'rish

Foydali ma'lumot

ico
Analizlar
Md24.kz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin bo'lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Diagnostik markazlar
Md24.kz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Tibbiy xizmatlar
Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling
Batafsil ma'lumot ico
Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2025 md24.kz. Barcha huquqlar himoyalangan.