ico
Shifokorni tanlash: Terapevt
ico
Klinikani tanlash: Terapiya
Shifokorlar ro'yhati

Shamollash


Shamollash – (O`RVI - o'tkir respiratorli virusli infeksiya yoki O’RK - o’tkir respirator kasallik) — havo tomchilari orqali yuqadigan o'tkir respirator virusli infektsiyadir (o'tkir respirator kasallik). Ko'pincha shamollashni gripp bilan adashtiriladi, ammo undan farqli o'laroq, O`RVI unchalik xavfli emas va inson salomatligiga juda ko'p zarar yetkazmaydi, gripp esa, agar to'g'ri davolanmasa, o'limga olib kelishi mumkin.

Shamollash – (O`RVI - o'tkir respiratorli virusli infeksiya yoki O’RK - o’tkir respirator kasallik) — havo tomchilari orqali yuqadigan o'tkir respirator virusli infektsiyadir (o'tkir respirator kasallik). Ko'pincha shamollashni gripp bilan adashtiriladi, ammo undan farqli o'laroq, O`RVI unchalik xavfli emas va inson salomatligiga juda ko'p zarar yetkazmaydi, gripp esa, agar to'g'ri davolanmasa, o'limga olib kelishi mumkin.

Kasallik sabablari

Asosan, o'tkir respirator kasalliklarning sabablari quyidagilardan iborat:

  • Viruslar tanaga havo orqali kiradi, shuning uchun bemorning yonida bo'lish va u bilan aloqa qilish xavflidir;
  • tananing gipotermiyasi (sovqotish);
  • immunitetning pasayishi;
  • Agar ona kasal bo'lsa, chaqaloqlarga O`RVI (O`RK) emizish paytida yuqishi mumkin.

Kasallik belgilari

Kasallikning belgilari quyidagicha:

  • burun va tomoq bo`shlig`ida yoqimsiz tuyg'ular;
  • umumiy holatning yomonligi;
  • ishtahaning yo`qolishi;
  • ko'ngil aynishi;
  • o`qchish va qusish;
  • yo'tal;
  • aksirish;
  • bosh og'rig'i;
  • "tirnash"ga o`xshaydigan tomoq og'rig'i;
  • burun bitishi, burun oqishi;
  • tana haroratining biroz ko'tarilishi;
  • varaja;
  • mushaklar va bo'g'imlarda og'riq;
  • konyunktivit (ba'zan).
ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

O`RVI tashxisini qo'yish uchun umumiy amaliyot shifokori (bolalar uchun – pediatr ) ga murojaat qilinadi. Bundan tashqari, katta yoshdagilar va tajribasi bor kishilar kasallikni mustaqil ravishda aniqlashi mumkin. Buning uchun haroratni o'lchash kifoya, agar u yuqori bo'lmasa, bemor shamollagan bo`lishi kerak. Agar yo'tal uzoq vaqt davomida to'xtamasa va o'tkir bo'lsa, unda quyidagi tekshiruvlardan o'tish kerak:

  • qonning umumiy tahlili;
  • o'pka rentgenogrammasi ( pnevmoniyani istisno qilish uchun).

Kasallikni davolash

Kasallik quyidagi usullar bilan davolanadi:

  • Kasallik belgilari bilan kurashish (ko'p suv ichish, C vitamini yoki uni o'z ichiga olgan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish);
  • Agar harorat 38 darajadan oshsa, isitma tushiradigan dori ichish lozim. Agar harorat past bo'lsa, uni tushirishning hojati yo'q, chunki shu tarzda tana kasallik bilan kurashadi.
  • Agar burun bitishi yoki oqishi kuzatilsa, qon tomirlarini toraytiruvchi tomchilar tomiziladi;
  • Virusga qarshi preparatlardan foydalanish.
  • Agar siz shifokor , ko`rigidan o`tmagan bo'lsangiz, u holda antibiotiklarni o'zingiz tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin emas. Ular faqat organzimga bakterial infeksiya tushganda kerak bo'ladi.

Bolalarda O`RVIni davolash

  • Bola ko'proq suyuqlik ichishi kerak;
  • Burundagi shilliq moddani aspirator bilan olib tashlash;
  • Berodual bilan ingalyatsiyani amalga oshirish;
  • Dori-darmonlarni qabul qilish;
  • Bola yotgan xonani ko'proq vaqt davomida shamollatish.

O`RVIni tezroq davolash uchun bemor ko`proq yotoqda dam olishi, tashqariga chiqmasligi va ko'p suyuqlik ichishi kerak. Haddan tashqari faollik og`ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Xavfli jihatlari

O`RVI gripp kabi xavfli emas (grippni davolash kechiktirlsa, o`limga olib kelishi mumkin). Ammo vaqtida davolanmagan shamollashning ham ba`zi asoratlari bor:

  • bronxit;
  • laringit;
  • zotiljam;
  • rinit;
  • faringit va boshqalar..

Profilaktika

Kasallik boshlanishini oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

  • ovqatlanayotganda va ovqat tayyorlashda qo‘l gigienasiga rioya qilish;
  • mato ro'molcha ishlatmaslik, bir martalik qog'oz salfetkalardan foydalanish;
  • o`zingiz foydalanadigan idish-tovoqlarni ajratib olish;
  • uylarni doimiy ravishda shamollatib turish;
  • jismoniy mashqlar bilan shug'ullanib turish;
  • o'tkir respiratorli infeksiyaga chalingan bemorlar bilan aloqa qilmaslik.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Shamollashni davolovchi shifokorlar

O'zbekova Nailya Komilevna
Fikr-mulohaza qoldirish
O'zbekova Nailya Komilevna
Kardiolog, Terapevt
Tajriba 35 yil · Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

Medion (Spa)

Zulfiyaxanum ko`chasi, 18
Mo'ljal: Yangi Qozog'iston elchixonasi va Rayhon kafesi

Qabul turi

Klinikada

100 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Shanba 09:00-14:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

ico Medion (Spa)

Dushanba - Shanba 08:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

 Mirzaev Timur Irkinovich
Fikr-mulohaza qoldirish
Mirzaev Timur Irkinovich
Terapevt, Ultratovush mutaxassisi
Tajriba 10 yil
Fikr-mulohaza qoldirish

Uni Medical Care

Farobiy ko`chasi, 14A
Mo'ljal: metro Berunii

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Shanba 08:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

ico Uni Medical Care

Dushanba - Shanba 09:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Lobanov Vasiliy Valerievich
Fikr-mulohaza qoldirish
Lobanov Vasiliy Valerievich
Pediatr, Terapevt, Tez yordam shifokori
Tajriba 23 yil · Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

Profi Doktor

Bunyodkor shoh ko`chasi, 2
Mo'ljal: Novza metro bekati

Qabul turi

Klinikada

200 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Yakshanba Ish vaqti belgilanmagan  

ico Profi Doktor

Dushanba - Shanba 08:30-15:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Barcha shifokorlarni ko'rish

Foydali ma'lumot

ico
Analizlar
Md24.kz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin bo'lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Diagnostik markazlar
Md24.kz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Tibbiy xizmatlar
Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling
Batafsil ma'lumot ico
Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2025 md24.kz. Barcha huquqlar himoyalangan.