ico
Shifokorni tanlash: Mammolog
ico
Klinikani tanlash у: Mammologiya
Shifokorlar ro'yhati

Ko'krak bezi saratoni


Ko'krak bezi saratoni – bu normal ko'krak hujayralarining saraton hujayralariga aylanishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Ko'krak saratoni o'pka saratonidan keyin ikkinchi eng keng tarqalgan saraton turi bo'lib, ayollar orasida birinchi o'rinda turadi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili 1,5 million ayolga ko'krak bezi saratoni tashxisi qo'yiladi. Ushbu kasallik 13 yoshdan 90 yoshgacha bo'lgan ayollarning taxminan 10 foizida uchraydi. Erkaklar ushbu kasallikka kamroq chalinadilar (1%). Kasallikdan o'lim holatlari taxminan 50% ni tashkil qiladi.

Ko'krak bezi saratoni – bu normal ko'krak hujayralarining saraton hujayralariga aylanishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Ko'krak saratoni o'pka saratonidan keyin ikkinchi eng keng tarqalgan saraton turi bo'lib, ayollar orasida birinchi o'rinda turadi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili 1,5 million ayolga ko'krak bezi saratoni tashxisi qo'yiladi. Ushbu kasallik 13 yoshdan 90 yoshgacha bo'lgan ayollarning taxminan 10 foizida uchraydi. Erkaklar ushbu kasallikka kamroq chalinadilar (1%). Kasallikdan o'lim holatlari taxminan 50% ni tashkil qiladi.

Saraton o'simtasi xavfsiz o'smadan farqli o'laroq tezroq o'sadi va metastaz yo`li bilan boshqa organlarga juda faol tarqaladi hamda limfa tugunlariga ham ta'sir qiladi.

Ko'krak bezi saratonini tasniflash va uning bosqichlari

Ko'krak saratoni odatda bosqichlar bo'yicha tasniflanadi:

  • 0 bosqich — invaziv bo'lmagan ko'krak saratoni (karsinoma in situ) – sut bezi kanallarini o'rab turgan to'qimalariga tarqalmagan bo`ladi. Invaziv bo'lmagan ko'krak saratoni odatda mammografiya paytida aniqlanadi va kamdan-kam hollarda ko'krakdagi qattiqlik shaklida namoyon bo'ladi.
  • I bosqich — invaziv bo'lmagan ko'krak saratoni. Saraton o'simta yaqinida joylashgan to'qimalarga ta'sir qiladi. O`simtaning kattaligi 2 sm dan oshmaydi. Limfa bezlari normal holatda bo`ladi.
  • II bosqich — invaziv saraton. Saraton hujayralari kanallarning qoplamasi orqali atrofdagi ko'krak to'qimalariga tarqaladi. O'simtaning diametri 2 dan 5 sm gacha, qo`ltiq ostidagi limfa tugunlari o`simta tomonidan zararlanadi. Bu ko'krak saratonining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi.

    III bosqich ikki bosqichga bo`linadi:

  • IIIA bosqich. O'simtaning diametri 5 sm dan ortiq bo`lib, limfa tugunlari juda kattalashgan. Ular bir-biriga va atrofdagi to'qimalarga yopishgan bo`ladi.
  • IIIB bosqich. Ushbu turga yallig'lanish saratoni, infiltrativ kanal saratoni kiradi. 3-bosqichning xarakterli belgilari terining qizarishi, apelsin terining paydo bo'lishidir. O'simta har xil hajmda bo`lishi mumkin. Bu bosqichda ko'krak terisi, ichki ko'krak limfa tugunlari yoki ko'krak devori zararlanadi.
  • IV bosqich. O'simta ichki limfa tugunlariga ta'sir qiladi, qo'ltiq ostigacha yetib boradi va o`mrov, limfa tugunlari, jigar, o'pka va miya ham ta'sirlanadi. 4-bosqich saratoni tashxisi ko'pincha BRCA-1 va BRCA-2 genlaridagi mutatsiyaga ega bo'lgan ayollarga qo'yiladi.

Sabablari

  • ayollar - erkaklarga qaraganda ko'krak bezi saratoni bilan kasallanish ehtimoli ko'proq;
  • ulg`aygan yosh - ko'krak bezi saratoni xavfi yoshga qarab ortadi (ko'pincha 35 yoshdan keyin);
  • shaxsiy anamnezda ko'krak kasalliklari bilan og`rish - agar sizda lobulyar karsinoma in situ yoki atipik ko'krak giperplaziyasini aniqlaydigan ko'krak biopsiyasi bo'lgan bo'lsa, sizda ko'krak saratoni xavfi yuqori;
  • bepushtlik, jinsiy a'zolarning yallig'lanishi, laktatsiyaning buzilishi;
  • Saraton xavfini oshiradigan irsiy genlar. Ko'krak saratoni xavfini oshiradigan ba'zi gen mutatsiyalari ota-onadan bolaga o'tishi mumkin. Eng ko`p uchraydigan gen mutatsiyalari BRCA1 va BRCA2 deb nomlanadi. Ushbu genlar ko'krak va boshqa saraton xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin, ammo ular saratonni muqarrar qilmaydi;
  • Radiatsiya ta'siri. Agar siz bolaligingiz yoki yoshligingizda ko'krak qafasidagi nur terapiyasini olgan bo'lsangiz, ko'krak saratoni xavfi ortadi.
  • qandli diabet, semizlik, ateroskleroz, immunitet tanqisligi;
  • Birinchi farzandning kattaroq yoshda tug‘ilishi. Birinchi farzandini 30 yoshdan keyin dunyoga keltirgan ayollarda ko‘krak bezi saratoni xavfi ortishi mumkin.
  • Klimaksdan keyingi gormon terapiyasi. Klimaks belgilari va alomatlarini davolash uchun estrogen va progesteronni birlashtirgan gormon terapiyasi dori-darmonlarini qabul qiladigan ayollarda ko'krak saratoni xavfi ortadi.
  • spirtli ichimliklar ichish, zaharlanish, chekish.

Kasallik belgilari

Dastlabki alomatlar:

  • sut bezlari sohasida shish;
  • ko'krak qafasidagi noxushlik;

Keyinchalik esa quyidagi belgilar paydo bo'ladi:

  • ko'krak qafasidagi og'riq;
  • siynalarning deformatsiyasi - "orqaga tortilgan" va siqilgan bo`lishi;
  • ko'krak shakli va hajmining o`zgarishi, assimetriya;
  • ko`krakdan qonli yoki sarg'ish rangdagi ajralma oqishi
  • o'simta sohasidagi terining burishishi;
  • ko'krak, yelkada shish paydo bo'lishi;
  • limfa tugunlari kattalashishi.
ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling . Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

Agar sizda ko'krak bezi saratoniga shubha yoki alomatlar bo'lsa, professional tekshiruv uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Mammolog dastlabki tekshiruvni o'tkazadi va quyidagi diagnostika tekshiruvlaridan so'ng aniq tashxis qo'yadi:

Davolash

Davolash usulini tanlash ko'plab omillarga bog'liq: kasallikning bosqichi, ayolning yoshi, o'simtaning tuzilishi va hajmi, o'sish tezligi. Davolashning zamonaviy usullari jarrohlik, radiatsiya va kimyoterapiya usullarining eng maqbul kombinatsiyasidan, ya'ni kompleks yondashuvdan foydalanadi. Terapiyada mutaxassislar har bir bemorga individual yondashishlari kerak. Mutaxassislar guruhi ayolga davolashning onkologik va estetik nuqtai nazardan muvaffaqiyatli bo'lishi uchun o'ziga xos davolash usullarini taklif qilishi kerak. Bugungi kunda ko'krak bezi saratonini davolashning eng samarali usullari quyidagilardir:

  • lampektomiya (o'smaning o'zini olib tashlashni o'z ichiga oladi);
  • mastektomiya (ko'krak va boshqa to'qimalarni to'liq olib tashlashni o'z ichiga oladi);
  • radiatsion terapiya (agar bemor klimaks davridan o`tgan bo`lsa) - saraton radioaktiv nurlanish bilan nurlanadi;
  • kimyoterapiya (agar bemor klimaks davridan o`tmagan bo`lsa) - saraton hujayralarining o'limini ta'minlaydigan sitostatiklar qo'llaniladi;
  • gormon terapiyasi - o'simtaning gormonlarga sezuvchanligini blokirovka qiluvchi dorilar qo'llaniladi;
  • immunoterapiya.

Operatsiyadan keyin organizmning xususiyatlariga, davolash sifatiga, kasallikning bosqichiga qarab, bemorlarning bir qismi bir necha yil, ba'zilari esa keksalikka qadar yashaydi. Statistikaga ko'ra, operatsiyadan keyingi yangi metastazlar birinchi 3-5 yil ichida paydo bo'ladi, keyinchalik yangi shakllanish xavfi keskin kamayadi.

Ko'krak bezi saratonini xalq tabobati bilan davolash samarasizdir. Dorivor giyohlar va xalq retseptlari saraton bilan samarali kurasha olmaydi. O`zboshimchalik bilan davolanish odatda shifokorga tashrifni kechiktiradi va bemorning umrini qisqartiradi.

Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Xavfli jihatlari

Ko‘krak bezi saratonida yashovchanlik 55 % ni tashkil etadi. Adekvat davo choralari ko‘rilmasa, bu ko‘rsatkich 10 %ni tashkil qiladi. Yashovchanlik darajasiga ko‘plab faktorlar ta’sir qiladi. Agar o‘sma darajalariga qarab yashovchanlik aniqlansa, o‘smaning boshlang‘ich darajalarida 95 %ni tashkil qiladi. Ikkinchi bosqichda, o‘smaning 5 sm gacha paydo bo‘lishida, o‘sma hujayralarining bir ikki limfa tugunlariga metastazlarida yashovchanlik 55-80 %ni tashkil qiladi.

Kasallik qanchalik tez aniqlansa, uni davolash imkoniyati shunchalik yuqori bo'ladi. Agar shifokorga o'z vaqtida murojaat qilmasangiz, quyidagi asoratlar kelib chiqishi mumkin:

  • o`simta atrofdagi to'qimalarning yallig'lanishi;
  • metastazlar;
  • o'simtadan qon ketishi.

Metastazlar tufayli zararlangan tizimlar va organlarning ishi buziladi, bu bemorning umumiy holatiga salbiy ta'sir qiladi, davolanishni murakkablashtiradi.

Profilaktika

  • ko'krakni shaxsan tekshirish: ko'krakni har oyda, hayz davrining 5-7 kunida tekshirgan maqsadga muvofiqdir;
  • gormonal buzilishlarni o'z vaqtida davolash;
  • 45 yoshdan keyin har yili mammografiya tekshiruvidan o`tish;
  • har yili ginekolog ko`rigidan o`tish;
  • uzoq muddat emizish;
  • zararli odatlardan voz kechish;
  • abortlarga yo`l qo`ymaslik;
  • sog'lom va faol turmush tarzi olib borish.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Ko'krak bezi saratonini davolovchi shifokorlar

Razzakova Nargiza Po'latxo'jaeva
1 fikr-mulohaza
Razzakova Nargiza Po'latxo'jaeva
Mammolog
Tajriba 26 yil · Oliy toifali shifokor
1 fikr-mulohaza

Istiroxat ko'ch., 258
Mo'ljal: Grampus sport majmuasi

Qabul turi

Klinikada

130 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba 14:00-17:00   

Seshanba - Yakshanba Ish vaqti belgilanmagan  

ico Medion (Family hospital)

Dushanba - Shanba 08:00-17:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Mirrahimova Dilobar Teshaboevna
Fikr-mulohaza qoldirish
Mirrahimova Dilobar Teshaboevna
Mammolog, Jarroh
Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

Doctor D

Usta Olim ko`chasi, 15 uy
Mo'ljal: Toshkent restorani

Qabul turi

Klinikada

160 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Yakshanba Ish vaqti belgilanmagan  

Seshanba, Payshanba, Shanba 09:00-14:00   

-->
ico Doctor D

Telefon raqamni ko'rish uchun bizning Telegram botga o'ting.

Xudayqulov Tilla Qurbonovich
Fikr-mulohaza qoldirish
Xudayqulov Tilla Qurbonovich
Mammolog, Onkolog, Jarroh
Tajriba 40 yil · Oliy toifali shifokor
Fikr-mulohaza qoldirish

Darmon Servis

Cho'pon Ota ko`chasi, 18/19
Mo'ljal: Chilonzor IIBB

Qabul turi

Klinikada

110 000 so'm

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Shanba 09:00-15:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

ico Darmon Servis

Dushanba - Yakshanba 08:00-20:00  

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

Barcha shifokorlarni ko'rish

Foydali ma'lumot

ico
Analizlar
Md24.kz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin bo'lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Diagnostik markazlar
Md24.kz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Batafsil ma'lumot ico
ico
Tibbiy xizmatlar
Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling
Batafsil ma'lumot ico
Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2025 md24.kz. Barcha huquqlar himoyalangan.