Sistit – bu qovuq (siydik pufagi) shilliq qavatida sodir bo'ladigan yallig'lanish jarayoni bo'lib, uni ko'pincha infeksiya keltirib chiqaradi. Kasallik bilan erkaklar ham, ayollar ham og`rishi mumkin, ammo ayollarda organizmning o`ziga xos tuzilishi tufayli ko'proq uchraydi. Buning sababi shundaki, ayollarda siydik yo'llari erkaklarnikiga qaraganda ancha qisqaroq va infeksiya siydik pufagiga kirish uchun kamroq to'siqlarga ega.
Sistitning ko`rinishlari
Kasallikning kechishiga qarab sistitning ikki xil ko`rinishi ajratiladi: o'tkir va surunkali. O'tkir sistit gipotermiya, ya`ni sovqotish tufayli yuzaga kelishi mumkin, uning belgilari:
Surunkali sistit odatda ikkilamchi bo'lib, uning belgilari o'tkir sistitda ham kuzatiladi, ammo unchalik kuchli bo`lmaydi.
Sistitning sabablari har xil bo'lib, ularga qarab rivojlanayotgan yallig'lanishni quyidagicha tasniflash mumkin:
Bundan tashqari shifokorlar quyidagilarni ajratib ko'rsatishadi:
Sistit turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, bunga ko`ra kasallik bakterial va noinfeksion turlarga bo`linadi. Bakterial sistitda qovuqqa infeksiya kirishining to'rtta yo`li bor:
Sistitning noinfeksion sabablari quyidagilardir:
Sistit rivojlanishiga bilvosita ta'sir ko'rsatadigan omillar:
Sistit erkaklar va ayollarda quyidagi belgilarda namoyon bo'ladi:
Sistit diagnostikasi laboratoriya va klinikalarda tekshiruvlar o'tkazishni anglatadi. Shifokor anamnezni to'playdi, bemorning qorin bo'shlig'ini ushlab ko`radi (bunda og'riq seziladi) va quyidagilar buyuriladi:
Sistitni tashxislash va davolash urologiya tibbiyot markazlarida amalga oshiriladi.
Sistit kasalligida infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun bemorga antibiotik preparatlari buyuriladi. Dori-darmonlarni qabul qilishning eng maqbul kursi - uch kundan yetti kungacha. Ftorxinolonlar guruhidagi barcha antibiotiklarning aksariyati ko'pchilik bakteriyalarga qarshi samarali bo'ladi. Boshqa dorilar kamroq samarali.
Agar sistit kuchli og'riqlar bilan kechsa, bemorga No-shpa, Baralgin, Papaverin, Nimesil, Diklofenak kabi og'riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi.
O'simliklar va ularning qismlari asosida tayyorlangan preparatlar siydik hosil bo'lishini oshirish uchun (ya'ni siydik haydovchi ta'sir uchun) sistitni davolashda qo'llaniladi. Dorixonalarda sanoatda ishlab chiqarilgan Siston, Fitolizin, Kanefron kabi dori-darmonlar sotiladi. Kasallikni davolash asosan immunitet holatiga bog'liq bo'lganligi sababli, uni oshirish uchun quyidagi dorilar buyuriladi:Erkak va ayollardagi surunkali sistitni davolashda siydik qopining istillyatsiyasi
Qovuq instilyatsiyasi – siydik pufagiga dori yuborish amaliyotidir. Surunkali sistitni mahalliy davolash uchun ishlatiladi. Bu yoqimsiz jarayon, ammo og'riqli emas.
Ushbu davolash tadbiri faqat shifoxonada amalga oshiriladi. Endoskop yordamida siydik qopi tekshiriladi, kerak bo'lsa, gistologik tahlil uchun siydik pufagi devorlarining biopsiyasi olinadi.
Instillyatsiyani o`tkazish ketma-ketligi:
Davolash tadbiridan so'ng ikki soat davomida peshob ajratmaslik tavsiya qilinadi. Agar lozim bo'lsa, uch kundan keyin bu tadbir takrorlanadi.
Instilyatsiya paytida qo'llaniladigan dorilar
Surunkali sistitni davolashda instilyatsiya paytida quyidagi dorilar qo'llaniladi:
Instilyatsiyaga qarshi ko'rsatmalar
Ushbu davolash tadbiri quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
Homiladorlik davrida sistitni davolash
Homiladorlik paytida sistit tez-tez uchraydi. Uning xavfi pielonefritni qo'zg'atishi mumkinligidadir. Pielonefrit buyrak yetishmovchiligi, kech gestoz va boshqa asoratlarga olib kelishi mumkin.
Kasallik rivojlanishining dastlabki bosqichida sistitni antibiotiklar bilan davolash mumkin, ammo ko'plab homilador ayollar antibiotiklarni qabul qilishga tavakkal qilmaydilar, ayniqsa homiladorlikning birinchi trimestrida. Ularsiz kasallikni davolash mumkin, ammo bu jarayon uzoq davom etadi va qayta kasallanish xavfi mavjud bo`ladi.
Homilador ayollar uchun xavfsiz bo'lgan dorilar No-shpa kabi keng tarqalgan o'simlik preparatlari asosida tayyorlangan spazmni yengillashtiradigan dorilardir. Ular kuchli og'riq paydo bo`lganda buyuriladi.
Keyinchalik, homilador ayol sistitni davolash uchun instilyatsiya qildirishi yoki fizioterapiya yordamida davolanishi mumkin.
Sistit kasalligida parhez
Kasallik paytida siydik pufagi zararlanishini kuchaytiradigan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish taqiqlanadi. Bu ziravorlar, yog'li ovqatlar, souslar, konservalangan mahsulotlar. O'tkir sistit davrida spirtli ichimliklar, choy, qahva va dudlangan mahsulotlar ham taqiqlanadi.
Sistit kasalligida siydik pufagini tiklashga yordam beradigan oziq-ovqatlar:
Sistitning o'tkir shakli vaqtida davolanmasa, surunkali shaklga o'tishi mumkin va undan qutulish bir necha barobar qiyinroq bo`ladi. Dastlabki alomatlar paydo bo`lishi bilan urolog ko`rigidan o`tish kerak. Bundan tashqari vaqtida davolanmagan kasallik quyidagi asratlarga olib kelishi mumkin:
Sistit bilan kasallanish xavfi quyidagi insonlarda mavjud:
Siydik yo`llariga infeksiya tushishi va sistit rivojlanishi ehtimolini kamaytirish uchun shifokorlar quyidagilarni tavsiya qiladilar:
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Medion (Family hospital)
Istiroxat ko'ch., 258
Mo'ljal: Grampus sport majmuasi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba - Juma 09:00-14:00
Shanba, Yakshanba Dam olish kuni
Dushanba - Shanba 08:00-17:00
Yakshanba Dam olish kuni
Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.
Frank Medic
Qorasuv-4, 35
Mo'ljal: Maktab 121
Qabul turi
Klinikada
70 000 so'm
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba - Juma 09:00-12:00
Shanba, Yakshanba Dam olish kuni
Dushanba - Shanba 08:00-19:00
Yakshanba Dam olish kuni
Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.
Qorasuv-4, 35
Mo'ljal: Maktab 121
Qabul turi
Klinikada
100 000 so'm
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba - Juma 13:00-18:00
Shanba, Yakshanba Dam olish kuni
Dushanba - Shanba 08:00-19:00
Yakshanba Dam olish kuni
Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.